Katta o‘lchamli yeyilishga chidamli plitalar (GIP)

Yirik o‘lchamdagi rezina plitalar mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli, o‘ta mustahkam rezina turlaridan tayyorlanadi. Ruda maydalovchi tegirmonlarning ichki yuzalarini qoplash (futerovka) uchun, shuningdek samosvallar va vagonetkalar tubi (tag qismi)ni himoyalashda qo‘llaniladi.